
"Liverpul" olomagan hujumchiga Saudiya klubi qiziqish bildirmoqda
"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin - shved futbolchi "Al-Hilol"ning transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsio xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Al-Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi Isakni o‘z jamoasining hujum chizig‘ida ko‘rishni istayapti. Yaqin kunlarda Saudiya klubi "Nyukasl"ga rasmiy taklif yo‘llashi kutilmoqda.
Avvalroq, "Liverpul" 25 yoshli hujumchining transferi uchun "Nyukasl"ga 140 million evro taklif qilgan edi.
O‘tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida 27 ta gol urgan. Bundan tashqari, shved futbolchisi 6 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar