"Liverpul" Origini sotmoqchi emas, ammo 20 mln funtlik taklif bo‘lsa uni qo‘yib yuborishi mumkin

  • 1 yanvar, 2021, 23:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar davrida “Liverpul” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar kutilmayapti.

Tecno

Liverpool Echo nashrining yozishicha, jamoaning hech bir futbolchisi “Liverpul”ni tark etishni xohlamayapti.

Ammo joriy mavsum 3 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi Divok Origining atrofida mish-mishlar ko‘paymoqda. 25 yoshli belgiyalik futbolchiga “Yuventus”, “Inter”, “Vulverxempton” va “Shalke” klublaridan qiziqishlar bor.  Mersisaydliklar esa uni sotmoqchi emas.

Shu bilan birga, "Liverpul" Origining klub uchun juda ko‘p ish qilganini tushunadi va agar munosib taklif bo‘lsa, uni ushlab turmaydi. Ular taxminan 20 million funt sterling evaziga Origini qo‘yib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!