
"Liverpul" Pepe uchun 80 mln evro to‘lashga tayyor, ammo...
"Lill" klubi forvardi Nikolya Pepe mavsumlar oralig‘ida "Liverpul"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar 24 yoshli ivuarlik futbolchi uchun frantsuz klubiga 80 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, Pepe hozircha APL klubiga o‘z roziligini bildirmagan. Boisi, u faoliyatini La Ligada davom ettirmoqchi. Qolaversa, u bo‘lajak jamoasidan doimi asosiy tarkibda to‘p surish kafolatini so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, Pepe “Lill” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 41ta o‘yinda maydonga tushdi va 23ta gol hamda 12ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar