"Liverpul" rahbariyati "Enfild"ni ta’mirlashni keyingi yilga qoldirdi
"Liverpul" klubi o‘zining uy stadioni hisoblangan "Enfild"ni rekonstruktsiya qilishni bir yilga kechiktirishga qaror qildi.
Ta’kidlash kerakki, mersisaydliklar uy arenalarini qayta ta’mirlab, uning sig‘imini yana 7 mingtaga oshirishmoqchi. Biroq, pandemiya sabab qurilish ishlari 2021 yilga qoldirildi.
Aytish kerakki, hozir “Enfild” o‘z bag‘riga 54 ming ishqibozni sig‘dira oladi. "Liverpul" 29 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. Biroq, pandemiya tufayli premer-liga bahslari ham qoldirildi.

Fikrlar