"Liverpul" raqibga imkoniyat qoldirmadi

  • 27.11.2021 21:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL 13-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Sautgempton" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mersisaydliklar safida Jota dubl qayd etdi. Shuningdek, Van Deyk hamda Alkantara ham bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ushbu natijadan so‘ng Klopp shogirdlari ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular 2-o‘rinni band etib turibdi. 14 ochkoga ega "Sautgempton" esa 14-pog‘onadan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!