
"Liverpul" "Real" qiziqayotgan futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
"Liverpul" senegallik hujumchi Sadio Mane bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda "The Guardian" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, mersisaydliklar Manega 2025 yilgacha mo‘jallangan yangi shartnoma taklif qilmoqda. "Qizillar" futbolchi uchun yiliga 13 million evro maosh to‘lashga tayyor.
Ta’kidlab o‘tamiz, Manening "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Uning xizmatiga "Real" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar