"Liverpul" Rodrigoni olishga jiddiy kirishdi

  • 22.07.2025 23:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo Angliyaga yo‘l olishi mumkin. "Foot Mercato"ning xabariga ko‘ra, "Liverpul" 24 yoshli braziliyalik futbolchini transfer qilish masalasida faol harakat qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati Rodrigo atrofidagi insonlar bilan muzokaralarni boshlagan. Yaqinda klub bosh murabbiyligiga tayinlangan Xabi Alonso Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida unga ko‘p o‘yin amaliyoti bermadi.

Mersesaydliklardan tashqari, APLning boshqa bir klublari - "Arsenal" va "Manchester Siti" ham Rodrigo atrofidagi vaziyatni jiddiy kuzatayotgani hamda fursat tug‘ilishi bilan shartnoma taklif qilishga tayyorligi haqida bir necha mashhur nashrlar yozayotgan edi.

Rodrygo Goes of Real Madrid CF with the ball during the LaLiga EA Sports match between Real Madrid CF and Athletic Club at Estadio Santiago Bernabeu...

Shu bilan birga, Rodrigoning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi yana uch mavsumga mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bahosini 90 million evroga teng deb ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!