“Liverpool” Salahning mavsum oxirigacha tiklanishini ma’lum qildi
“Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh mavsum yakunlanguniga qadar jarohatidan to‘liq tiklanishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, futbolchining jarohati avval taxmin qilinganidek jiddiy emas — engil mushak jarohati deb baholanmoqda.
Saloh Angliya chempionatining 34-turida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat olgan va 59-daqiqada almashtirilgan edi. Keyinchalik uning son orqa paylari shikastlangani ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli misrlik futbolchi 2017 yildan beri mersisaydliklar safida to‘p surib kelmoqda. U jamoa tarkibida 440 ta o‘yinda maydonga tushib, 257 ta gol va 122 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar