"Liverpul" Saloh o‘rnini bosuvchi sifatida Maykl Olisega nazar tashlamoqda

  • 11.09.2025 17:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" vingeri Maykl Olise "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda "CaughtOffside" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 23 yoshli frantsiyalik futbolchini Muhammad Salohning ehtimoliy o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, Saloh har qanday paytda Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin.

Olise joriy mavsumda barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!