“Liverpool” Salohning ketishiga munosabat bildirdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rasmiy saytida hujumchi Muhammad Saloҳ mavsum yakunida klubni tark etishini ma'lum qilganidan so'ng bayonot e'lon qilindi.
- Muhammad Saloҳ 2025-2026 yildgi mavsum yakunida “Liverpul”dagi yorqin faoliyatini yakunlaydi.
Hujumchi “qizillar” bilan to'qqiz yillik ajoyib davrini yakunlaydigan kelishuvga erishdi.
Saloҳ muxlislarga hurmat va minnatdorlik yuzasidan o'z kelajagi haqida ochiqlikni ta'minlash maqsadida bu qarorni imkoniy boricha tezroq e'lon qilishni istadi.
2017 yil yozida “Roma”dan olib kelingan 11-raqamli futbolchi “Liverpul” tarixidagi eng buyuk o'yinchilardan biriga aylandi, klub bilan ikki marta Premer-liga, Chempionlar ligasi, FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati, UEFA Superkubogi, Angliya Kubogi, ikki marta Liga kubogi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi.
Hozirgi vaqtda kelib misrlik futbolchi 435 o'yinda 255 ta gol urdi va klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinni egallab turibdi. U to'rt marta APLning “Oltin butsa”si sovrinini qo'lga kiritgan va yana ko'plab shaxsiy mukofotlarga sazovor bo'lgan.
Oldinda yana ko'plab o'yinlar bor va Saloҳ bu mavsumda “Liverpul” uchun eng yaxshi natijaga erishishga e'tibor qaratgan. Shuning uchun uning merosi va yutuqlarini to'liq nishonlash vaqti u “Enfild” bilan xayrlashadigan yil oxirida keladi, — deyiladi mersisaydliklar bayonotida.
Fikrlar