"Liverpool" Saloҳning o‘rniga yosh futbolchi topdi

  • 06.03.2026 16:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" "Leyptsig" futbolchisi Yan Dyomandeni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida "Sky Sports Germany" nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, mersisaydliklar yozda jamoani tark etishi mumkin boʻlgan Muhammad Salahning oʻrniga yosh hujumchisini asosiy nomzod sifatida koʻrmoqda. "Qizillar" 19 yoshli futbolchi uchun 80 million yevro berishga tayyor. Bundan tashqari vingerning xizmatlariga "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. 

Yanning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 45 million yevroni tashkil etadi, Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha moʻljallangan. 

Maʼlumot uchun, Dyomonde joriy mavsum nemis klubi safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol kiritdi va 7 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!