"Liverpool" Slotni iste'foga chiqarishga tayyor. Faqat...

  • 17.03.2026 20:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Arne Slotning “Liverpul”dagi kelajagi YEChL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Galatasaroy"ga qarshi bahs natijasiga bog‘liq.

"Galatasaroy"ning Chempionlar ligasidan ehtimoliy chiqib ketishi Arna Slot uchun “Liverpul”dagi finalga aylanishi mumkin, deya xabar beradi TEAMtalk.

Avvalroq, "Liverpul" rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarish masalasini yozga qoldirishga umid qilgandi, ammo APL 30-turidagi durang va "Tottenxem"ga qarshi kuchsiz o‘yin (1:1) barchasini o‘zgartirib yubordi. Endi Slotning taqdiri bevosita "Galatasaroy" bilan bo‘ladigan javob o‘yiniga bog‘liq.

Slot iste’foga chiqarilgan taqdirda, "qizillar"ning afsonaviy sobiq futbolchisi Stiven Jerrard 2025/26-yilgi mavsum oxirigacha jamoani vaqtincha boshqarishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "Galatasaroy" o‘z maydonida "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!