
“Liverpul” so‘nib qolgan yulduzini orga qaytaradi
Niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum “Liverpul”da o‘ynab yurgan davrida dunyoning eng kuchli futbolchilar qatorida e’tirof etildi.
Biroq, bu o‘yinchi o‘tgan yili yozda “Liverpul” bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortdi. Shuningdek, avvaliga “Barselona”ga o‘tishga va’da berib, keyinchalik katta maosh taklif qilgan PSJga safiga qo‘shildi.
Parij klubida tajribali o‘yinchining ishlari yurishmadi. Asosiy tarkibga kira olmagan o‘yinchi PSJdan ketishga qaror qilgan.
Yurgen Klopp maydon markazida samarali o‘ynay oladigan sobiq shogirdini yana o‘z jamoasiga qaytarishni istayapti. Liverpulliklar parijliklar bilan kelishib, o‘z futbolchisi Nabi Keytani Jorjino Veynaldumga alishtirishni rejalashtirgan.
Fikrlar