
“Liverpul” superhujumchi uchun zo‘rg‘a olgan o‘yinchisidan voz kechadi
“Liverpul” rahbariyati A Seriyada porlayotgan “Napoli” to‘purari Viktor Osimxenni olib kelishni mo‘ljallamoqda.
“Qizillar” nigeriyalik o‘yinchini qo‘lga kiritish uchun o‘tgan yili yozda 80 million evroga transfer qilingan Darvin Nunesni sotib yuborishga tayyor.
Bosh murabbiy Yurgen Klopp 24 yoshli Osimxen yordamida jamoaning hujumkorligini sezilarli darajada oshirishni maqsad qilgan.
“Napoli” xo‘jayini Aurelio de Laurentis o‘z vaqtida 25 million evroga olib kelingan Osimxenni katta mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Klub rahbariyati 120 million evrodan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmasligini bildirgan.
“Liverpul” etarli jarajada mablag‘ jamg‘arish uchun “Benfika”dan olib kelingan Darvin Nunesdan voz kechishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar