“Liverpul” supertransfer uchun qancha tikishi hal bo‘ldi
“Liverpul” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish uchun “Nyukasl”dan Aleksandr Isaakni olish uchun so‘nggi taklifini tayyorlamoqda.
Garchi Angliya chempionlari shved futbolchisini olish fikrida sobit turgan bo‘lsa-da, bu transfer uchun ortiqcha darajada ko‘p pul sarflamoqchi emas.
“Nyukasl” yaqinda liverpulliklarning 110 million funt sterling miqdoridagi taklifini qabul qilmadi. “Qarg‘alar” o‘z o‘yinchisini 150 million funt sterlingga baholayapti. Klub bu narxni Isaakni tarkibda saqlab qolish maqsadida xaridorlarni cho‘chitish uchun aytgani ta’kidlandi.
Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, “Liverpul” rahbariyati “Nyukasl” belgilagan narxini to‘lamoqchi emas, chunki bu qadar katta miqdordagi xarajat klubning kelajagi va umuman olganda transfer bozoriga salbiy ta’sir o‘tkazadi, deb hisoblayapti.
Barcha omillarni inobatga olgan mersisaydliklar Isaak transferi uchun 120 million funt sterling to‘lashga tayyor va undan ortiq summa ajratmaslikka qaror qilgan.
Shunga qaramay, “Nyukasl”ning bu taklifga munosabati mavhumligicha qolmoqda. Aleksandr Isaakning o‘zi klub rahbariyati uning yo‘lini to‘sayotganidan norozi.



Fikrlar