
"Liverpul" tarixida hech qachon bunaqasi bo‘lmagan edi
"Liverpul" Angliya premer-ligasining 25-turida o‘z maydonida "Chelsi"ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Opta Sports nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa "Enfilde"da ketma-ket 5 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va klub tarixidagi antirekordni o‘rnatdi.
"Liverpul" bundan avval o‘z maydonida "Byornli" (0:1), "Brayton" (0:1), "Manchester Siti" (1:4) va "Everton"ga (0:2) ham imkoniyatni boy bergan edi.
Mersisaydliklar 27 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar