
"Liverpul" ustozi "Chelsi"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yakshanba kuni APL doirasida bo‘lib o‘tadigan "Chelsi"ga qarshi o‘yin mavsumning muhim o‘yinlaridan biri bo‘ladimi, degan savolga javob berdi.
"Agar turnir jadvaliga qarasangiz, menimcha, ha. "Manchester Yunayted" avval Angliyaning eng yaxshi klubi edi. Ular jamoani yana shu holatga qaytarish uchun ko‘p pul sarflashdi. "Chelsi" ham shunday qilyapti. Ular juda yaxshi o‘ynashmoqda, ularning pozitsiyasiga qarang. Ular bizning eng qiyin raqibimizga aylanishi mumkin. Bu jamoalarning o‘zaro raqobati har doim ham turnir jadvalidagi holatga bog‘liq bo‘lmaydi", - dedi Slot jurnalistlarga. “Liverpul” – “Chelsi” uchrashuvi 20-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Angliya Premer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Liverpul" hamda "Chelsi" uchrashuvi 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni damda mersisaydliklar musobaqa jadvalida 18 ochko bilan 1-o‘rinda, "aristokratlar" esa 14 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar