
"Liverpul" xodimlarining bir qismini ta’tilga chiqardi
"Liverpul” klubi rahbariyati jamoa xodimlarining bir qismini koronavirus tufayli ta’tilga chiqardi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, xodimlar ta’til paytida ham maoshlarini to‘liq olishadi. Aniqrog‘i, klub ular oladigan maoshning 20 foizini to‘laydi xolos. Qolgan 80% esa Britaniya hukumati tomonidan to‘lab beriladi.
Ayni damda APL o‘yinlari koronavirus tufayli noma’lum muddatga to‘xtatilgan. 29 turdan so‘ng esa “Liverpul” 2-o‘rindagi “Manchester Siti”dan 25 ochko ko‘p jamg‘argan holda yaqqol etakchilik qilmoqda.
Fikrlar