"Liverpool" yana soʻnggi daqiqalarda jazolandі va tarixga kirdi
"Liverpul" 29-tur doirasida "Vulverxempton"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Arne Slot shogirdlari o‘yin oxirida o‘tkazib yuborilgan gol tufayli navbatdagi bor ochko yo‘qotdi.
"Bo‘rilar" safida hal qiluvchi golni Andre Neto ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada kiritdi.
Joriy mavsum Angliya chempionatida mersisaydliklar 90-daqiqadan keyin o‘tkazib yuborilgan gollar sabab 5 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Liga tarixida hech bir jamoa bir mavsumda o‘yin oxiridagi gollar tufayli bunchalik ko‘p mag‘lubiyatga uchramagan.
Fikrlar