“Liverpul” yana uchta supertransferga qo‘l uradi

  • 14 avgust, 11:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda Angliya chempionligini saqlab qolish uchun kurashga tayyorlanayotgan “Liverpul” yozgi transferlar bozorida faollik ko‘rsatyapti.

Tecno

Arne Slot chempionlik mavsumidan keyin jamoaga Florian Virts, Ugo Ekitike, Milosh Kerkez va Jeremi Frimpong kabi iqtidorli o‘yinchilarni qo‘shib oldi.

Bu bilan liverpulliklarning bozori tugagani yo‘q. “Qizillar” ideal jamoa shakllantirish uchun yana uchta katta transferni amalga oshirmoqchi.

Manbalarda qayd etilishicha, klub mutasaddilari “Nyukasl”dan Aleksandr Isaak, “Kristal Pelas”dan Mark Gexi va “Parma”dan Jovanni Leonini olishga harakat qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!