"Liverpul" yangi mavsum libosini namoyish qildi (FOTO)
"Liverpul" o‘zining yangi mavsumda safar uchrashuvlarida foydalanadigan libosini namoyish qildi.
Klub rasmiy tvitterida e’lon qilingan suratda bu safargi libos oq rangda, englari va yoqalarida to‘q yashil chiziqlar borligini ko‘rish mumkin.
Ushbu libos "Liverpul"ning 1996/97 yillarda kiygan libosidan ilhomlangan tarzda yaratilgan. Libosning orqa tomonida "96" raqami shaklida maxsus yozuv bor. Bu Hillsboro stadionidagi tiqilinchda vafot etgan jamoa muxlislari xotirasiga bag‘ishlangan.
Libos 100 foiz qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan. “Liverpul”ning texnik hamkori AQShning Nike kompaniyasi hisoblanadi.


Fikrlar