
"Liverpul" yanvarda "Real"ning yosh futbolchisini xarid qilmoqchi
"Liverpul" qishki transfer vaqtida "Real" yarim himoyachisi Rodrigo Goesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchining transferini "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan o‘zi xohlamoqda. "Transfermarkt" portali 20 yoshli Goesni 35 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsum Rodrigo 19ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan. Avvalroq, "qirollik klubi" futbolchiga moliyaviy tomonlama yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Fikrlar