"Liverpul" yarim himoyachisi bilan 30 million funt evaziga xayrlashishga tayyor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, "Liverpul" "Bornmut"da ijara asosida to‘p surayotgan yarim himoyachi Garri Uilsonni yozda transferga qo‘yish niyatida.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati 22 yoshli futbolchini Yurgen Klopp rejalariga kira olishiga ishonishmayati, shu sabab uning transferidan daromad olish istagida.

Ta’kidlanishicha, xavbek bilan "Bornmut" doimiy shartnoma imzolashga urinib ko‘rmoqchi. Mersisaydliklar esa o‘z navbatida futbolchi transferini 30 million funtga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Liverpul"ning yana bir xavbeki Adam Lallana mavsum so‘nggida "Enfild"ni tark etishi aniq bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!