
“Liverpul” yulduzi “Barsa”dan taklif kutyapti
“Liverul”ning kolumbiyalik hujumchisi Luis Dias faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirmoqchi.
Ayni paytda “Barselona” kelasi mavsum oldidan hujum chizig‘iga o‘yinchi qidirmoqda. Kataloniyaliklar bu pozitsiyaga ikki futbolchi – “Atletik” vakili Niko Uilyams va “Liverpul”da Luis Diasni mo‘ljallab turibdi.
Jurnalist Fernando Pologa ko‘ra, “Barsa”ga Luis Dias ko‘proq ma’qul tushgan. Chunki 27 yoshli futbolchi ancha tajribali va Niko Uilyamsdan ko‘ra, samaradorligi yuqori.
Luis Diasning o‘zi Kataloniyadan rasmiy taklif kelishini kutmoqda. Bu transfer kataloniyaliklarga 60 million evroga tushadi. Uni amalga oshirish uchun “Barsa” Rafinyani sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar