
“Liverpul” zo‘r to‘purarni ortga qaytaradi
“Atletiko”dan ketgan 35 yoshli hujumchi Luis Suares faoliyatini o‘zini tarbiyalagan “Nasonal” jamoasida davom ettirayotgan edi.
Tajribali to‘purar Urugvay chempionatida sakkizta uchrashuvda to‘rtta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Lekin oktyabr oyida Urugvay chemppionati yakunlanadi.
Urugvayda mavsum yopilishi bilan Luis Suares klubni tark etiadi. Chunki avval boshdan kelishuvimiz shunday bo‘lgan. U bu erga kelish uchun ancha harakat qildi. Fanatlarni hayratga solmaslik uchun Luisning ketishini oldindan aytib qo‘yapman, - dedi “Nasonal” rahbari Xose Fuentes.
Bu vaziyatdan “Liverpul” foydalanib qolishi mumkin. Muxlislar klub rahbariyatidan Luis Suaresni qaytarishni talab qilmoqda. Urugvaylik hujumchi “qizillar” safida 133 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 82 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar