“Liverpul”da qolmasang bo‘lmaydi!

  • 24.09.2025 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati jamoaning eng tajribali o‘yinchilaridan biri Endryu Robertsga yangi shartnoma beradigan bo‘ldi.

Aslida liverpulliklar chap qanot himoyasiga yangi o‘yinchi – Milosh Kerkezni olib kelgan edi. Biroq APLning dastlabki o‘yinlari bu futbolchi hali grand klubda o‘ynashga to‘liq tayyor emasligini ko‘rsatdi.

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, Kerkezning o‘yinidan keyin klub mutasaddilari shartnomasi shu mavsum oxirida tugaydigan Robertsonga yangi bitim berishni ma’qul topgan.

Endri Robertson “Liverpul”da 2017 yildan beri o‘ynab keladi. Chap qanot himoyachisi hozirgacha 346 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari o‘z hisobiga 12 ta gol va 67 ta assist rasmiylashtirgan. Transfermarkt portali o‘yinchini 18 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!