“Liverpul”dan ketmasam bo‘lmaydi
“Liverpul”ning o‘tgan mavsum Angliya chempionatida g‘olib chiqishiga katta ta'sir o‘tkazgan argentinalik yarim himoyachi Aleksis Mak Allister klubini o‘zgartirish niyatida.
Bu haqida fichajes.net nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchi transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov olgan.
Aytilishicha, yarim himoyachi boshqa chempionatda o‘zini sinab ko‘rmoqchi. Avvalroq Aleksisga “Pari Sen-Jermen” va “Real” kabi qudratli klublar ko‘z tikayotgani haqida ma'lumotlar tarqatilgan edi.
Mak Allisterning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 80 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar