"Liverpul"ga qarshi o‘yin oldidan "Manchester Yunayted"da jiddiy yo‘qotish bor

  • 17 oktabr, 2019, 15:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Pol Pogba «Liverpul»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, MYu ustozi Pogba bu uchrashuvda maydonga tushmasligini aytgan. Sulsherning fikriga ko‘ra frantsiyalik xavbek "Arsenal"ga qarshi bahsda orttirgan jarohatidan hal to‘liq qutilmagan. Uning tiklanishi uchun yana bir necha kun kerak. Shuning uchun Pogba "Liverpul" bilan bellashuvni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq David de Xea ham safdan chiqqandi.

Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Yunayted" - "Liverpul" bahsi 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!