"Liverpul"ga transferi barbod bo‘lgan himoyachi jamoasi safiga qaytdi

  • 12 sentabr, 13:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda "Liverpul"ga transferi barbod bo‘lgan Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi "Kristal Pelas" klubiga qaytib keldi. Bu haqda "Sky Sports" nashri ma’lum qilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, futbolchi bitim barbod bo‘lganiga qaramay, kayfiyati yaxshi. Ehtimol, himoyachi yanvar oyi transfer oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkin. Mark "burgutlar" safida 2021 yilning yozidan beri to‘p tepib kelmoqda.

Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Gexi uchta o‘yinda ishtirok etib, bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 25 yoshli futbolchining "Kristal Pelas" bilan tuzilgan shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 45 million evroni tashkil etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!