Liverpulliklar “Real”ning katta transferini barbod qilmoqchi

  • 25.07.2024 20:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” yozgi transferlar vaqtida “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi.

Madridliklar maqsadiga erishish uchun Jud Bellingemdan ham foydalandi. 20 yoshli hujumkor futbolchi Angliya terma jamoasidagi do‘sti Trentni “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirib ko‘rmoqchi bo‘ldi.

CaughtOffside nashriga ko‘ra, “Liverpul” rahbariyatining qarori “Real” transferini barbod qilishi mumkin. Liverpulliklar Trentga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.

Agar futbolchi taklifni qabul qilsa, u bilan besh yillik bitim imzolanadi.

Aleksandr-Arnold  “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning hozirgi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!