Asosiy mazmunga oʻtish

“Liverpool”ning 50 million funtlik taklifi yerda qoldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Savdo qaytadan bo‘ladi

“Kristal Pэlas” rahbariyati “Liverpul” klubining qanot hujumchisi Ismaila Sarrni sotib olish uchun bergan 50 million funtlik (58 million yevro) taklifini rad etdi.

Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, London klubi ushbu transfer oynasida afrikalik vingerni sotish niyatida emas. Bungacha ham “Kristal Pэlas” futbolchini sotib olish bo‘yicha Turkiyaning “Galatasaroy” klubidan kelgan ikki taklifni rad etgan.

Sarr o‘tgan mavsumda “Kristal Pэlas” safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda ishtirok etgan. U 21 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q