"Liverpul"ning murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shilishi mumkin

  • 1 iyun, 12:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi, hozirda futbol mutaxassisi Dirk Koyt faoliyatini tumanli Albionda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Liverpool Echo" jurnalistlari xabar bermoqda. 
 
Manbaga ko‘ra, 44 yoshli murabbiy "Liverpul" murabbiylar shtabiga qo‘shib olinishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, "qizillar" bosh murabbiyi niderlandiyalik Arne Slot hisoblanadi. Futbolchi sifatida Dirk 2006 yildan 2012 yilgacha mersesaydliklar sharafini himoya qilgan. Hozirda Koyt Belgiyaning "Beerschot" klubida murabbiy bo‘lib ishlamoqda. O‘tgan mavsumda "Liverpul" muddatidan avval Angliya Premer-ligasi chempioniga aylandi. 
 
Bundan tashqari, klub UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Luis Enrikening PSJsiga mag‘lub bo‘lgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!