"Liverpool"ning Slotning kelajagi borasidagi pozitsiyasini oshkor bo‘ldi

  • 13.03.2026 15:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" rahbariyati bosh murabbiy Arne Slotni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. "Qizillar" xo‘jayinlari niderlandiyalik mutaxassis klubdagi vaziyatni o‘nglay olishiga ishonchi komil. Bu haqida The Athletic jurnalisti David Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qizillar" hozirda bozorda o‘z talablariga Slotdan yaxshiroq mos keladigan birorta murabbiy yo‘q deb hisoblamoqda. Ta’kidlanishicha, 47 yoshli mutaxassis mersisaydliklar safida bax tli.

Slot "Liverpul"ni 2024 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Joriy mavsum Angliya chempionatining 29-turidan so‘ng amaldagi APL chempionlari 48 ochko jamg‘arib, ayni damda oltinchi o‘rinda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!