"Liverpul"ning sobiq hujumchisi "Aston Villa"ga o‘tdi

  • 5 avgust, 2021, 11:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sautgempton" klubi hujumchisi Denni Ingz faoliyatini Angliya premer-ligasining boshqa bir klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

29 yoshli futbolchi "Aston Villa" bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, uning transferi birmingemliklarga 35 million evroga tushgan.

Ingz "Sautgempton" safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 100 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 46 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Denni Ingz faoliyati davomida "Bornmut", "Dorchester", "Byornli" va "Liverpul" klublarida o‘ynagan. Angliya terma jamoasida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!