"Lokomotiv" - AGMK bellashuvi oldidan statistika

  • 8 dekabr, 2020, 12:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK O‘zbekiston kubogi doirasida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi nimchorak final o‘yinini o‘tkazadi. Olmaliqliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

O‘yin qur’a natijasiga ko‘ra mehmonda o‘tadi. E’tiborga molik tarafi, bu ikki jamoalar O‘zbekiston kubogi doirasida ilk marotaba to‘qnash kelmoqda. Bunga qadar, AGMK va "Lokomotiv" milliy chempionat va O‘zbekiston superkubogida bahs yuritgan.

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, o‘tkazilgan 26 o‘yinda "Lokomotiv" 17 g‘alabani tantana qilgan, AGMK esa 5 marotaba "temiryo‘lchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 4 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati: 52-30, "Lokomotiv" foydasiga.

Joriy mavsum olmaliqliklar "Lokomotiv" bilan ikki marotaba to‘qnash kelib, markazlashtirilgan holatda o‘tkazilgan birinchi davra bahsida 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Lokomotiv" uyidagi bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida yutdi.

AGMK 2004 yildan e’tiboran, mamlakat kubogi musobaqasida ishtirok etib kelmoqda. Olmaliq jamoasi kubokdagi o‘tkazilgan jami 44 o‘yinda 17 g‘alaba, 9 durang va 18 mag‘lubiyat qayd etgan. AGMKning O‘zbekiston kubogidagi to‘plar nisbati quyidagi ko‘rinishda: 62-63.

"Lokomotiv"ga qarshi o‘yin haqidagi yana bir qiziq jihat, joriy mavsumdagi uchta o‘yin AGMK jamoasi uchun begona maydonda o‘tmoqda. Chempionat doirasidagi birinchi davra o‘yini neytral maydonda o‘tgandi, ikkinchi davrada esa "Lokomotiv" o‘yingohida mehmon bo‘lgan AGMK kubok bahsida ham ertaga ushbu stadionga boradi.

Uchrashuv bugun soat 14:00da boshlanadi. G‘olib O‘zbekiston kubogidagi yurishini davom ettirib, chorak finalga yo‘llanma oladi.

O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.

8 dekabr, seshanba

"Lokomotiv" — AGMK (14:00)

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Ahmadjon Ergashev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!