"Lokomotiv" - "Nasaf". Ustunlik qarshiliklar tomonda
“Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuvi 17 avgust shanba kuni Toshkendagi “Lokomotiv” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:15da boshlanadi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 29 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvda “Nasaf”,10 o‘yinda esa “Lokomotiv” g‘alabaga erishgan. 5 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.
To‘plar nisbati 40:32 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:1, “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2. Qarshiliklar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni shu yilning 26 may kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuv 0:1 hisobida yakunlangan.
Toshkendagi o‘zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Toshkenda 14 bor kuch sinashishgan. 4 uchrashuvda "ajdarlar" g‘alaba qozongan. 4 uchrashuvda durang qayd etilgan va 6 uchrashuvda “temiryo‘lchilar” g‘alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 27 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 15:12.
E’tiboringizga, Toshkenda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.
18.07.2018 Lokomotiv – Nasaf 3:1
15.04.2017 Lokomotiv – Nasaf 2:1
29.10.2016 Lokomotiv – Nasaf 3:2
19.09.2015 Lokomotiv – Nasaf 1:0
24.03.2014 Lokomotiv – Nasaf 1:1.

Fikrlar