“Lokomotiv” Abu Dabiga yo‘l olmoqda. Klub qaysi futbolchilarni xorij yig‘iniga jalb etdi?

  • 03.01.2020 16:50
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsum “Loko” uchun birmuncha erta boshlanadi. “Temiryo‘lchilar” 21 yanvar kuni OChL pley-off bosqichi doirasida Tojikiston chempioni “Istiqlol”ni qabul qilishadi.

Osiyo chempionlar ligasi, umuman yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jamoa bugun BAA poyxati Abu Dabiga yo‘l olyapti. 3 yanvardan boshlanadigan yig‘in 15 yanvarga qadar davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida “temiryo‘lchilar” ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rtoqlik o‘yinlari Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” hamda Xitoyning “Jiangsu Suning” klublariga qarshi bo‘lib o‘tadi.

“Lokomotiv”ning xorij yig‘iniga yo‘l olayotgan tarkibi:

Darvozabonlar - Ignatiy Nesterov, Javohir Ilyosov, Rustam Nartajiev.

Himoyachilar - Oleg Zoteev, Davron Hoshimov, Farrux Ibrohimov, Shuhrat Muhammadiev, Jaloliddin Jumaboev, Dilshod Komilov.

Yarim himoyachilar - Jamshid Iskanderov, Avazbek O‘lmasaliev, Diyor Turopov, Sardor Mirzaev, Kaxi Maxaradze, Javohir Alijonov, Kamron Saidazimov, Bek Abdullaev, Davron Umirov, Sarvar Shoahmedov.

Hujumchilar - Asadbek Ergashev, Abdulaziz Yusupov, Ibrohim G‘anixonov, Marat Bikmaev.

Jamoa menejeri - To‘labek Akramov

Bosh murabbiy - Andrey Fyodorov

Katta murabbiy - Andrey Miklyaev

Darvozabonlar murabbiyi - Pyotr Gizimchuk

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy - Aleksandr Shatskix

Shifokor - Abror Pirriev

Ma’murlar - Baxtiyor Ismoilov, Ulug‘bek Usmonxo‘jaev

Massajchilar - Gurgen Israelyan, Abdurahim Sarimsoqov

Video operator - Ravshan Akbarov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
03/01/2020 16:59
ЭНГ биринчи спорт.узда чикадия хабар ЭРТАЛАБ чем .Азия эштиб укиб булдику сал кечколибсизлар