"Lokomotiv" "Andijon"ni mensimay o‘ynadimi?
"O‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik. Ayniqsa birinchi bo‘limda hujumga o‘tishda qiyinchiliklarga uchradik. Bunday o‘yinlarda vaziyatlardan unumli foydalanish kerak. Tanaffusdan so‘ng tezkor gol kiritdik va uchrashuvni nazorat qildik.
Taqvim tig‘iz va rotatsiya ishlarini amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Raevats? Biz uni o‘tgan yozdayoq jamoamiz safiga qo‘shib olishni istagan edik. Jamoamizga qishda legionerlardan boshqa futbolchilar ham ko‘chib o‘tishgan. Har bir futbolchi jamoasini o‘zgartirgach klubga moslashib ketishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Raqibni mensimaslik? Bunday narsa umuman bo‘lgan emas. Hayolimiz OChL o‘yiniga emas, bugungi uchrashuvga qaratilgan edi. Kuch tejaganimiz ham yo‘q, buni echinish xonasida ham sezish mumkin edi", - dedi Fyodorov.



Fikrlar