"Lokomotiv" a’zolari bemor bolalar holidan xabar oldi

  • 01.06.2022 15:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ma’lumki, har yilning shu sanasida «Lokomotiv» PFK vakillari Respublika onkologiya ilmiy markazida bo‘lib, bemor bolalar holidan xabar olishi an’anaga aylangan.

Bugun ham jamoamiz bosh murabbiyi Denis Korostichenko hamda futbolchilarimiz “Orient Finans Bank” xodimlari bilan birgalikda Respublika onkologiya ilmiy markazida bo‘lib, xastalikdan aziyat chekayotgan bolajonlarga sovg‘a-salomlar ulashdi.

loko1_8

«Lokomotiv» vakillarining bemor bolalar holidan xabar olishi bolajonlar ko‘nglini ko‘tardi, bundan ota-onalar ham nihoyatda xursand bo‘ldi. Qolaversa, ilmiy markaz shifokorlari jamoamiz a’zolariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Shu o‘rinda xastalik bilan kurashayotgan bolajonlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilab qolamiz.

“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!