“Lokomotiv” belarusiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Nikolay Ivanov - "Lokomotiv" futbolchisi. Bu haqida klub matbuot xizmati e’lon qildi.
“O‘tgan mavsumda Belarus chempionatida bronza medallariga ega chiqqan 25 yoshli yarim himoyachi Nikolay Ivanov jamoamiz a’zosiга aylandi. Belarussiyaning "Slaviya" jamoasi tarkibida 31 o‘yinda 7 tadan gol va assist qayd etgan markaziy yarim himoyachi shuningdek, chempionatda vaziyat yaratish bo‘yicha (36 golli vaziyat) 5-o‘rinda bo‘lgan Nikolay Ivanov yangi mavsumni "Lokomotiv" tarkibida o‘tkazadi. Qiziği shundaki, Nikolay Ivanov Rossiya futboli tarixida eng tezkor gol muallifi hisoblanadi. U 2024 yilda "Mashuk" jamoasi tarkibida "Ximki" darvozasini 4-soniyadaёq ishg‘ol qilgan. "Lokomotiv"ga xush kelibsan, Nikolay Ivanov”, - deya yozdi “temiryo‘lchilar” o‘zining rasmiy sahifasida.

Fikrlar