"Lokomotiv" bosh murabbiyi Korostichenko bo‘lajak o‘yin oldidan "Navbahor"ning ustunligi nimadaligi haqida aytdi

  • 25 may, 2022, 12:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning “Lokomotiv” klubi 23 may kuni Superliganing 9-turida “Paxtakor”ni qabul qilib 0:2 hisobida yutqazganidan xabaringiz bor. Endi bo‘lsa, “Loko” futbolchilarini 4 kun o‘tib, 27 may sanasida Namanganda “Navbahor”ga qarshi yana bir jiddiy uchrashuv kutyapti.

Tecno

“Navbahor”ning esa 10-tur doirasida “Olimpik” jamoasi bilan o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvi qoldirilgan. Xo‘sh, Babayan jamoasiga o‘tgan turda dam olgani bo‘lajak bahsda qanchalik ustunlik berishi mumkin? Bu borada “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko Sports.uz muxbiriga shunday dedi:

“Ishonch bilan ayta olamanki, bu ularga albatta ustunlik beradi. Chunki chempionatning shiddatli o‘yinlaridan keyin kuchlarini tiklash uchun ko‘proq vaqtlari bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, tiklanish borasida mezbonlarda vaqt etarli edi. “Navbahor”ning yana bir ustunligi – bu ularning muxlislari!”, - dedi “Loko” ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!