"Lokomotiv" Eronda mashg‘ulot o‘tkazdi

  • 18 fevral, 2018, 22:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Toshkentning "Lokomotiv" klubi OChL 2-turi doirasida Eronning "Zob Ahan" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

Bugun "temiryo‘lchilar" ertangi o‘yin bo‘lib o‘tadigan “Fuladshahr” stadionida o‘yinoldi rasmiy mashg‘uloti o‘tkazishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda kechdi. Bir qator eronlik jurnalistlar hamda TV vakillari "Lokomotiv"ning mashg‘ulot jarayonini kuzatib borishdi.

Shuni ta’kidlash joizki, mashg‘ulot payti Isfahonda anchagina kuchli shamol esib turdi. Stadion tog‘lar bag‘rida joylashgani bois bu erda anchagina salqin havo hukmronlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!