"Lokomotiv" futbolchisi Ispaniyada qolmoqchi

  • 3 aprel, 2020, 23:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Selta” safida ijarada o‘tkazayotgan “Lokomotiv” klubi forvardi Fyodor Smolov Ispaniyada qolish istagida.

“Albatta, bu erda qolishni xohlardim. Bu er menga yoqadi. Ochig‘ini aytsam, odamlari juda ham do‘stona va ochiqko‘ngil. Birinchi kundan menga yordam berishdi. Bunday bo‘ladi deb kutmagan edim”, - deydi Smolov.

Smolov "Selta" safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. U o‘zining yagona golini "Real" Madrid darvozasiga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!