
"Lokomotiv" legioner futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Boya Xudoyshukur Sattorovning transferini e’lon qilgan "Lokomotiv" yana bir yangi o‘yinchi bilan kelishuvga erishilganligini ma’lum qildi.
Bu safar legioner futbolchi - chernogoriyalik futbolchi Momchilo Rasho bilan shartnoma imzoladi. Ushbu futbolchi o‘tgan mavsumni "Bunyodkor" tarkibida o‘tkazganini muxlislar juda yaxshi biladi.
Ma’lumot uchun, Momchilo Rasho 1997 yil 6 fevral kuni Chernogoriyaning Kotor shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi 186 sm bo‘lgan ushbu futbolchi markaziy himoya chizig‘ida harakat qiladi. Rasho o‘tgan yil Superligada 17 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.
"Lokomotiv" yana yangi transferlarga tayyorlanmoqda. Bizni kuzatishda davom eting.
Fikrlar