
"Lokomotiv" legioneri bilan orani ochiq qildi
Coca-Cola Superligani 8-o‘rinda yakunlagan “Lokomotiv” endi O‘zbekiston kubogining 1\8 finalida AGMKga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Olgan ma’lumotimizga qaraganda, jamoaning chernogoriyalik himoyachisi Slavko Damyanovich “Lokomotiv”ni tark etgan. Bu xabarni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi.
U 2 dekabr kuni yurtiga jo‘nab ketgan. 28 yoshli legioner ushbu mavsumda “Lokomotiv” safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi va to‘rtta sariq hamda bir bor qizil kartochka olgani bilan yodda qoldi xolos.
Fikrlar