
"Lokomotiv" o‘rtoqlik o‘yinida Tojikiston klubiga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Pro liga qatnashchisi hisoblangan "Lokomotiv" yozgi tayyorgarlik yig‘inini davom ettirmoqda. Shu bilan birga nazorat uchrashuvlari ham o‘tkazilmoqda.
Bugun "Lokomotiv" Tojikistonning "Vaxsh" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bellashuv 2:3 hisobida "Vaxsh" foydasiga hal bo‘lgan. Avvaliga "Lokomotiv" 2:0 hisobida oldinda edi. Biroq ikkinchi bo‘limda tojikistonliklar 3 ta gol urib g‘alabani ilib ketdi.
"Lokomotiv" - "Vaxsh" 2:3
Asosiy tarkib: Rahimjon Davronov, Kirill Todorov, Ozodbek O‘ktamov, Anzur Ismoilov, Xosrov Xananov, Levan Arveladze, Diyorjon Turopov, Abdushukur Mahamatov, Akaki Shulaya, Muhriddin Zoirov, Shodiyor Shodiboev.
Zaxiradagilar: Danil Baklanov, Chingiz Seytjanov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Davron Hoshimov, Muhammad-Yusuf Husanov, Farruxbek Muxtorov, Asadbek Rejabboev, Quvonchbek Abraev, Nikola Popovich, Abdulaziz Abdusalomov.
Gollar: Shodiyor Shodiboev (45, 1:0), Muhriddin Zoirov (45+1, 2:0), Konstantin Cherniy (56. 2:1), Sunnatillo Azizov (70, 2:2), Enrik Akomati (89, 2:3).
Fikrlar