
"Lokomotiv" Qozonda "Rubin" darvozasiga javobsiz 2 ta gol urdi (video)
Rossiya premer-ligasining 1-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi. Turning so‘nggi uchrashuvi Qozondagi “Kazan Arena”da “Rubin” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechdi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 0:2 hisobida “temiryo‘lchilar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga esa Aleksey Miranchuk (2') hamda Dmitriy Barinov (26') mualliflik qildi.
Afsuski, “Lokomotiv” safidagi hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov bu safar hatto qaydnomaga ham kiritilmadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar