"Lokomotiv" Saudiyadan hujumchi olib kelyapti

  • 23.07.2020 14:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lokomotiv" klubi Saudiya Arabisitonining "Al-Axli" klubi hujumchisi Janini Tavareshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sport24 xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, moskvaliklar 29 yoshl futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Kabo-Verde terma jamoasi a’zosining transferi 8 mln evroga baholanmoqda.

Janini joriy mavsum “Al-Axli” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!