"Lokomotiv" serbiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi

  • 05.01.2024 20:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

«Lokomotiv» PFK serbiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Tanishing: Damyan Krayishnik, 1997 yil 24 aprel kuni tug‘ilgan. Fuqaroligi: Serbiya.

Bo‘yi - 175 sm. bo‘lgan Damyan Krayishnik yarim himoya markazida harakat qiladi. Oxirgi to‘p tepgan jamoasi - Serbiyaning «Jeleznichar» klubi.

damyan

Faoliyati davomida «Radnichki», «Mladost», «Zvezda 09» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

26 yoshli futbolchi tez orada «temiryo‘lchilar» safiga qo‘shiladi.

"Lokomotiv" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!