London grandlari Perishich uchun kurash boshlashdi
"Arsenal" va "Tottenxem" klublari "Inter" xavbeki Ivan Perishich uchun kurash boshlashdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra London grandlari 30 yoshli xorvatiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishadi. O‘z navbatida “neradzurrilar” ham uni qo‘yib yuborishga tayyor, faqat ushbu futbolchining narxi 40 mln evrodan kam bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, Perishich joriy mavsum “Inter” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar